Bu go`zal hayotning
Qiziq damlari ko`p damlari ko`p
Inson boshida har xil
G`amlari ko`p g`amlari ko`p
Tangrim men tanlagan yo`limdan adashtirma
Yaxshiga yor qil yomonga yondoshtirma
O`zing guvohsan yonimda do`stimdan ko`ra
Dushmanlarim ko`p dushmanlarim ko`p
Iztiroblar boshda yomg`ir bo`lganda
Pardek yengil gap ham og`ir bo`lganda
Mevani daraxtdan uzolmas qo`llarim
Soyam o`zimga begona bo`lganda
Iztiroblar boshda yomg`ir bo`lganda
Pardek yengil gap ham og`ir bo`lganda
Mevani daraxtdan uzolmas qo`llarim
Soyam o`zimga begona bo`lganda
Atrofimga to`lib ketsa yolg`onchilar
Sinishimni poylab yurgan poyloqchilar
Oshimni yeb to`yib tovog`imga tupurib
Uyalmasdan deydi: zotimiz falonchilar
Atrofimga to`lib ketsa yolg`onchilar
Sinishimni poylab yurgan poyloqchilar
Oshimni yeb to`yib tovog`imga tupurib
Uyalmasdan deydi: zotimiz falonchilar
Bandam degil yo Rab yo`limdan adashtirma
Yaxshiga yor qil yomonga yondoshtirma
O`zing kechirgil bo`ynimda savobdan ko`ra
Gunohlarim ko`p gunohlarim ko`p
Bizdan oldin ham hozir ham keyin ham
Bunday xatolarni ko`rgandir olam
Behuda yashashdan tiyaylik o`zni
Odam bo`lib keldik bo`laylik odam
Tangrim hech bandani yo`lidan adashtirma
Yaxshiga yor qil yomonga yondoshtirma
O`zing yaratding bu besh kunlik dunyo
Sinovlari ko`p sinovlari ko`p