Hayotda oz yashab ko'p azob ko'rdim
Gohida yiqildim gohida turdim
Sevgidanam do'stdanam bir varakay kuydim
Dedingiz jon bolam saqlama dilda g'am
Mehrining narxi yo'q do'stlarning soni
Minnatli bo'larkan o'zganing noni
Lekin ota - onaga kelmaskan maloli
Bo'zlab qolma yo'qotgach hidlab ro'molin
Mehirbonim onam Beozorim onam
Beg'uborim onam Onajonim onam
Nomarddan ulfat qilib
Boshimga kulfat qilib
Davlat ketganda oldim
Kimga kimligin bilib
Kecha soyamga salom berib yurgan kimsalar
Andishasiz yurganda Ortimdan g'iybat qilib
Boshim toshga tekganda
Chekkanimda nadomad
Tangrida ertayu kech so'ragan menga omad onam
Duvolaringiz sabab omad quchog'in ochib
Dvru Davronim keldi yo'qchilik nari qochib
Aslida siz ekansiz mening baxtu omadim
Quyoshday porlab turing boshimda nurlar sochib onam onam onam onajonim onam
Ichim to'lib aytdimda gapning xonasin
Bunchalaram mo'rt bo'lar odam bolasi
Eng vahshiy inson ham dod varyod qilib
Yig'larkan hayotdan o'tsa onasi
Mehrining narxi yo'q do'stlarning soni
Minatli bo'larkan o'zganing noni
Lekin ota - onanga kelmaskan maloli
Bu dunyoda jannatim omon bo'lsin jonim