Mayus ko'zlarida bir ishonchi bor
Hanus kutmoqda dilbandin yo'lini
Farzandi safarda yurgan Onai-zor
Diydor umidi ovutadi dilini
Qalbdan chiqar faqat birgina nido
Omonmisan jon bolam bir-donaginam
Bolamni panohinga olgin ey Hudo
Duo qilar Ona hatto tushda ham
Mol-u dunyo dardida ketdingku uchib
Havas qilganing bolam o'zga yurtmidi
Qoldim sensizlikda men zarda ichib
Onangni tashvishlarga qo'yish shartmidi
Bolam pulin kerakmas borliging davlat
Har bir onimda menga yorliging davlat
Bag'rimga qaytib kelgin iltimos qo'zim
Ko'zlarim shod etib to'kib yur savlat
Sog'indim bolam ko'zlarini
Sog'indim bolam so'zlarini
Sog'indim bolam bo'ylarini
Sen ham meni sog'indinmi
To'yingga deb pul yeg'ib yuribman bolam
Ortgani ro'zg'orimga yetib turibdi
Seni yaxshi ko'rarkan qo'shni qiz Sanam
Hech kimga bildirmay yig'lab yuribdi
Tugamas Onangning aslo toqati
Qancha qishlar o'tib bahorlar qaytdi
Kamayib bormoqda diydor fursati
Buni menga oppoq sochlarim aytdi
Qo'shnimiz qazo qildi ikki kun avval
Janozada bo'lmagan hech kim qolmadi
Faqat safarda yurgan o'rtog'in Sarvar
Onasin so'ngi yo'lga kuzatolmadi
Shunday achinarlik ekan bu holat
Sen yo'q umrim tugab anglab yetyapman
Fursatni boy bermay tez yonimga qayt
Seni ko'rmay o'lishdan qo'rqib ketyapman
Sog'indim bolam ko'zlarini
Sog'indim bolam so'zlarini
Sog'indim bolam bo'ylarini
Sen ham meni sog'indinmi
Sog'indim bolam ko'zlarini
Sog'indim bolam so'zlarini
Sog'indim bolam bo'ylarini
Sen ham meni sog'indinmi