Ko'p ranjitdim sho'xliklarim ko'paytirib
Bolamanda erkalashlar taltaytirib
Mo'jazgina jussasida tog' ko'targan
Duolari qalqonimdir himoyati
Onam mening Ollohimning inoyati
Baxtin faqat mehnatlarda ko'rgan onam
Na bir tilla na bir zarlar kiygan onam
Xashamat-u kiborlardan yiroq onam
Kamtargina yashamoqlik xidoyati
Onam mening Ollohimning inoyati
Umrim yetmas oqlamoqqa bir kuninggiz
Alla aytib uxlamagan bir tuninggiz
Mingta she'rlar yozganida ham o'g'linggiz
Ado bo'lmas mehringgizni bir soati
Onam mening Ollohimning inoyati
Yashang mudom nabiralar ardog'ida
Kelin kelib Bunyodbeginggiz yonida
Sizni asrab ko'zimizning qarog'ida
Biz bo'laylik baxtinggizning kafolati
Onam mening Ollohimning inoyati
Sevinch yoshi shukr axma yanog'ida
Aytar so'zim ona so'zim adog'ida
Yetmish ikki tomirimning har qonida
Sizga o'g'il bo'lmoqlik xush saodati
Onam mening Ollohimning inoyati
Onajonim Ollohimning inoyati
Onam mening Ollohimning inoyati