Hayotda oz yashab ko'p azob ko'rdim
Gohida yiqildim gohida turdim
Sevgidanam do'stanam bir varakay kuydim
Dedingiz jon bolam saqlama dilda g'am
Mehrni narxi yo'q do'stlarning soni
Minnatli bo'larkan o'zganing noni
Lekin ota onangga kelmaskan maloli
Bo'zlab qolma yo'qotgach hidlab ro'moli
Mehribonim onam
Beozorim onam
Beg'uborim onam
Onajonim onam
Nomarddan ulfat qilib boshimga kulfat qilib
Davlat ketganda oldim kimga kimligim bilib
Kecha soyamga salom berib yurgan kimsalar
Andishasiz yurganda ortimdan g'iybat qilib
Boshim toshga tekkanda chekkanimda nadomad
Tangridan ertayu kech so'ragan menga omad
Onam
Duolaringiz sabab omad quchog'in ochib
Davru - davronim keldi yo'qchilik nari qochib
Aslida siz ekansiz
Mening baxtu omadim
Quyoshdek porlab turing
Boshimda nurlar…