Narxi qancha mehrni ayting
Hammasini sotib olaman
Oqibati bor ostonaga
Kerak bo‘lsa yotib olaman
Ey narxi qancha mehrni ayting ayting
Hammasini sotib olaman
Oqibati bor ostonaga
Kerak bo‘lsa yotib olaman
Qayda mehr bozori ayting
Olib beray mehrsizlarga
Kerak bo‘lsa yurib uyma-uy
Ulashaman bag‘ri muzlarga
Narhi qancha mehrni ayting
O‘zim olay yetsa imkonim
Yetsa molim yetmasa jonim
Narhi qancha mehrni ayting
Ey mehringizdan mayli bir hovuch
Bering yetim go‘daklar uchun
Ko‘zlarida o‘kinch va ilinj
Mehrga zor yuraklar uchun
Mehr izlab dunyoni kezdim
Olishimga bormi qarshilar
O‘zimga ham kerakdir biroq
Ilinaman sizga yaxshilar
Mehr bormi eski bo‘lsa ham
Yo‘q degan so‘z yomon nechog‘liq
Bu o‘tkinchi dunyoda mehr
Nahot bo‘lsa cho‘ntakka bog‘liq
Bilolmadim mehrning narhin
Mehr sotilmas ekan pulga
Go‘yoki biz savdogarlardek
Mehr izlab chiqqanmiz yo‘lga
Narhi qancha mehrni ayting
O‘zim olay bo‘lsa imkonim
Yetsa molim yetmasa jonim
Narhi qancha mehrni ayting
Narhi qancha mehrni ayting
O‘zim olay yetsa imkonim
Yetsa molim yetmasa jonim
Narhi qancha mehrni ayting