Bilmadim ne gunohimga berilgan bu jazolar
Xasratim dilim tubida yashar bitmas azoblar
Tunlarim kunduzlarimga qadar bedorman
O‘ylayverib yolg‘onlaringni bugun bezorman
Yolg‘ondan to‘kasan yosh bilib turib berdim bardosh
Buncha niqoblaring ko‘p bunchalar ham bag‘ring tosh
Azoblayvermagin bo‘ldi tomib sabr kosam to‘ldi
Chin mehrni kutgandim umidim uzildi so‘ndi
Yurak tilka parcha parcha parcha
Chekdim azoblar qancha qancha qancha
Sabr ila kutdim vafoni ancha
Arzimaydi desalar-da sani barcha
Bilaman tilingdagi dilingga mos emas
O‘z ko‘zlarim bilan ko‘rdim isboting shart emas
Men xato qilibman sirlarimni ishonib
Sendek xatoyim ham endi hech kimga sir emas
Yolg‘ondan to‘kasan yosh bilib turib berdim bardosh
Buncha niqoblaring ko‘p bunchalar ham bag‘ring tosh
Azoblayvermagin bo‘ldi tomib sabr kosam to‘ldi
Chin mehrni kutgandim umidim uzildi so‘ndi
Yurak tilka parcha parcha parcha
Chekdim azoblar qancha qancha qancha
Sabr ila kutdim vafoni ancha
Arzimaydi desalar-da sani barcha
Aldanib qalbim kuydi yolg‘onlaringdan to‘ydi
Aslo ishonmay qo‘ydi yaxshilar boriga
Borligingda aldanib yo‘qligingda qiynalib
Yashashdan ketdim to‘yib bo‘ldi bas qiynama
Yurak tilka parcha parcha parcha
Chekdim azoblar qancha qancha qancha
Sabr ila kutdim vafoni ancha
Arzimaydi desalar-da sani barcha