Padarimni yutib ketgan jarda jonim qoldi mening
Qalbim torin torrtib ketgan yorda jonim qoldi mening
Qalam birlan shamshir tutgan yerda jonim qoldi mening
Shabboblikda shabgir etgan anda jonim qoldi mening
Anda jonim olib qolg'an Andijonim qoldi mening
Nodirimsan Andijonni qalbim hargiz tark etmayin
Habibimsan Andijonni yodin hargiz tark etmayin
Ilhomchimsan Andijonni kim hargiz tark etmayin
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening
Bog'ishamol nasimiga kuygan dilim zor aylabon
Riyolikni rafiq bilgan raqiblar ozor aylabon
Diyorimda muqimlikni zamonam dushvor aylabon
Furqatiga e'timodim afg'onga izhor aylabon
Farzandini mehmon etgan Andijonim qoldi mening
Boburingman fatvo bergan yurtim hargiz tark etmayin
Anda nomim boqiy etgan Andijonim qoldi mening
Qay yong'aki azm etsam yonimda borur mehnat
Qay sorig'a yuzlansam o'trumg'a kelur qayg'u
Yuz mehnatu g'am ko'rgan osoyishi kam ko'rgan
Ming dardu sitam ko'rgan mandek yana bir bormu
Tole' yo'g'i jonimg'a balolig' bo'ldi
Har ishniki ayladim xatolig' bo'ldi
O'z yurtni qo'yib Hind sori yuzlandim
Yorab netayin ne yuz qarolig' bo'ldi