Yuragim to`xtovsiz urmoqda
Tunim behuzur bo`lmoqda
Xayolim bir nishon bermoqda
Senga nimadir bo`ldimi
Yomg`ir bo`lib yig`layapman
Ko`ksim mushtlab tig`layapman
Ne qilarim bilmayapman yor
Kunlarim o`tmay qoldi
Tunlarim o`tmay qoldi
Bardoshim yetmay qoldi
Senga nimadir bo`ldimi
Ohlarim bir bayt jonim
Halovatga qayt jonim
Xastamisan ayt jonim
Senga nimadir bo`ldimi
Hijron qilmasin adovat
Diydor ko`rsatsin sahovat
Xudoga topshirdim seni omonat
Kunlarim o`tmay qoldi
Tunlarim o`tmay qoldi
Bardoshim yetmay qoldi
Senga nimadir bo`ldimi
Ko`zyoshlaring bo`ldi art
Yuqtirmayman biror gard
Baxtga sodiq bitta mard
Yonginangda men borman