(Nahot orzularim sindilar chil-chil
Nahot shum taqdirga bo’ldim men mahbus
Gullamay sarg`aydi xazon gul umrim
Nahot bari tamom hali kelmay kuz)
Falak yig`lar yurak yig`lar
Hayotimda topdandim sani
Falak yig`lar yurak yig`lar
Ne savdoga soldilar mani
Menga taskin shartmas bu kecha
Dardlarimni kelganman ko`mib
Sharobingdan quygin ey soqiy
Ichmoqchiman bugun men to`yib
Unutmoqni istaydi vujud
Xiyonatdan topgan alamni
Eslatmagin ey do`stim menga
Ne bo`ldi deb bedard sanamni
Falak yig`lar yurak yig`lar
Hayotimda topdandim sani
Falak yig`lar yurak yig`lar
Ne savdoga soldilar mani
Nega axir bu dunyo shunday
Savolingga bermaslar javob
Sadoqatni arzon baholab
Xiyonatni qilarlar tavof
Ko`zlarim ham yig`lamay qoldi
Imkon izlab xayollar toldi
Bu boshlarim ishlamay qoldi
Najot bergin falak bu kecha
Ko`zlarim ham yig`lamay qoldi
Imkon izlab xayollar toldi
Bu boshlarim ishlamay qoldi
Najot bergin falak bu kecha
Falak yig`lar yurak yig`lar
Hayotimda topdandim sani
Falak yig`lar yurak yig`lar
Ne savdoga soldilar mani
(Temirmasku axir bu jonim
Chok-chokidan so`kilib ketdim
Sharob ichma deydi odamlar
Nima qilay ezilib ketdim
Bu ohlarim yurak qa’ridan
Sevgi desa o`tgum naridan
Bari yolg`on barisi ertak
Tupurdim men kechdim baridan)