O'tti qancha bahoru yoz
Jondan o'tti sog'inch biroz
Dardlaridan bo'lmadim halos
Oh fig'onlar esingdami
Sen ketib sho'xligim tindi
Olovli cho'xligim tindi
Sinovlarda sabrim sindi
Imtihonlar esindami
Hotiram tinch qo'ymas yana
Yomg'ir yog'gan bir kun sanab
Ikkimizga bo'lgan pana
Soyabonlar esingdami
O'sha ajib o'sha sirli
O'sha onlar esingdami
Bizlar bir bo'lgan nurli
Bir zamonlar esingdami
Lov lov yongan nigohlaring
Qaltiragan barmoqlaring
Aytilmagan firoqlaring
Hayajonlar esingdami
Ohlarim osmonu falak
Hijroningda jonim halak
Qalbimni o't qilgan tilak
O'tti jonlar esingdami
Olis olislarga ketting
Biz tomonlar esingdami
Yaxshi deb kimlarga yetting
Biz yomonlar esingdami
O'sha ajib