Mana yana kech tushdi yana xayol parishon
O`zboshimcha ko`ngil ko`zida yana yosh ishon
Dard kishan soldi yana yuragim qo`llariga
Yolg`iz harakatlanmoqdaman qora “капюшон”da
Ha mayli ha mayli ha mayli
Man ila yoki o`zing baxtli bo`lsang bo`ldi Layli
Azoblar chekdim sen tufayli
Shunchaki istamayman tugashin bizning ishq sayli
Axir yaqin do`stimdeksan san manga
Eng yoqtirgan rangim bu – saning ko`zlaringning rangi
Eskirgan usti-boshim bir san uchun edi yangi
Ikki karmonim quruq ammo qizig`i yo`q sanga
Shuncha birga o`tgan yillar chekinar
Bir umrga ayrildim deya g`amlar chekilar
Dardlar chekilar
Yuragim chilparchin bo`lsada yor sog`inchdan garchi
Endi hech qadam tashlamasman san tomon
Qoshi kamon bo`l omon
Tan olish kerak na iloj axir barchasi tamom
Yuragim chilparchin bo`lsada yor sog`inchdan garchi
Endi hech qadam tashlamasman san tomon
Qoshi kamon bo`l omon
Tan olish kerak na iloj axir barchasi tamom
G`amni aks etar nigohim kayfiyatim yomon
O`sha kundan beri rangi-ro`yim xuddi somon
San tomon yetaklaydi bo`ysunmas oyoqlarim
Nima bo`lgan taqdirda ham jonginam bo`l omon
Xayr mandan go`zalim o`zing ayir
Hamda qo`sh azobni barobar yolg`iz o`zing sayr
Ayriliq ko`chasida qo`l ushlashib dard bilan
Bor boraqolgin endi borishni istasang qayer
Lab lablaringdan ortiq olmayman bo`sa
Talablaringdan oxir to`ldi sabr-kosa
Hamon sevaman rosa behazil ishon rostdan
Ammo endi bo`lmaymiz san bilan hattoki do`st ham
Keraksiz qiynoqlarning ayt nima keragi bor
A to`gri yurak qurg`ur tanho sanga zor
Biroq aytilgan gap – otilgan o`qdek bilsang
Alvido yor…
Yuragim chilparchin bo`lsada yor sog`inchda garchi
Endi hech qadam tashlamasman san tomon
Qoshi kamon bo`l omon tan olish kerak
Na iloj ahir barchasi tamom
Yuragim chilparchin bo`lsada yor sog`inchdan garchi
Endi hech qadam tashlamasman san tomon
Qoshi kamon bo`l omon
Tan olish kerak na iloj axir barchasi tamom
Yuragim chilparchin bo`lsada yor sog`inchdan garchi
Endi hech qadam tashlamasman san tomon
Qoshi kamon bo`l omon
Tan olish kerak na iloj axir barchasi tamom
Полный текст