Mana yana kech tushdi yana xayol parishon
O'zboshimcha ko'ngil ko'zida yana yosh ishon
Dard kishan soldi yana yuragim qo'llariga
Yolg'iz harakatlanmoqdaman qora капюшон'da
Ha mayli ha mayli ha mayli
Man ila yoki o'zing baxtli bo'lsang bo'ldi Layli
Azoblar chekdim sen tufayli
Shunchaki istamayman tugashin bizning ishq sayli
Axir yaqin do'stimdeksan san manga
Eng yoqtirgan rangim bu – saning ko'zlaringning rangi
Eskirgan usti-boshim bir san uchun edi yangi
Ikki karmonim quruq ammo qizig'i yo'q sanga
Shuncha birga o'tgan yillar chekinar
Bir umrga ayrildim deya g'amlar chekilar
Dardlar chekilar
Yuragim chilparchin bo'lsada yor sog'inchdan garchi
Endi hech qadam tashlamasman san tomon
Qoshi kamon bo'l omon
Tan olish kerak na iloj axir barchasi tamom…