Kutmaganda qayerdandir
Voqealar bo`lar sodir
Gohida hazil qilar taqdir
Yetti uxlab tushimga
Kirmagan ishlar bo`lsa
Tasodif qodir ne ishlarga
Mana bugun ham uzoq o`tmishdan
Bir hodisa ro`y berdi birdan
Ulkan temir qush falakda
Davom etardi parvozda
Ne ko`zlar bilan qarasam
Sen sen sen…
Axir sen o`sha – mening uyqusiz tunlarim
Axir sen o`sha – yoz-u kuz qish bahorim
Axir sen o`sha – avval qanotlantirib
Lek keyin esa… Mayli endi bu muhimmas
Axir sen o`sha yoningda jajji qizcha
Xuddi o`zingga o`xsharkan yoshligingga
Jilmayar menga senikiday ovozi
Bu mo`jiza bu mening baxtli parvozim
To`lib toshgan hayajoning
Qalbaki kulib yashirding
Zo`rg`a ushlab qolding ko`z yoshing
Nima sezdi vujuding
Yo qiynaldi vijdoning
Olib qochma mendan nigohing
Nega shu bugun kim bilardi ayt
Aynan bizga bog`liq vaziyat
Bu holat qaydan
Savol bermayman sen qo`rqma
Ayblamayman yo`q daxling
Shunchaki bir yurak bo`lgan edi chilparchin
Axir sen o`sha – mening uyqusiz tunlarim
Axir sen o`sha – yoz-u kuz qish bahorim
Axir sen o`sha – avval qanotlantirib
Eh keyin esa… Mayli endi bu muhimmas
Axir sen o`sha yoningda jajji qizcha
Xuddi o`zingga o`xsharkan yoshligingga
Jilmayar menga senikiday ovozi
Bu mo`jiza bu mening baxtli parvozim