Aprel oyi edi o`shanda
Yomg`irlar yog`a boshlagandi
Taqdir bizlarni uchrashtirdi
Va hayotimiz baxtga to`ldirdi
Taqdir qildimikin bir hazil
Hazili hayotimga yomon ta’sir qildi
Yorning ko`z yoshlarin ko`rib
Alam battarroq qiynardi
Eslab eslab seni
Asta unutmoqdaman
Yurakda kuz yig`laydi
Xazonga aylanmoqdaman
Yig`lab yig`lab meni
Unutib yubordingmi
Men sen deb yosh to`kolmadim
Lek unutib ham yuborolmadim
Aprel oyi qoldi qalbimda
Qalbimdagi shirin tarixda
Hayotimdagi eng baxtli kun
G`oyib bo`ldi bamisli tutun
Mehridaryo vafoli yorim
Yorim yosh to`ksa og`riydi jonim
Jonim men uni sezib yuraman
Alam yutar bilib turaman
Eslab eslab seni
Asta unutmoqdaman
Yurakda kuz yig`laydi
Xazonga aylanmoqdaman
Yig`lab yig`lab meni
Unutib yubordingmi
Men sen deb yosh to`kolmadim
Lek unutib ham yuborolmadim
Aprel oyi edi o`shanda…