Endi kimlar bilan o`tkazarsan kunni
Meni baxtli etgan kimni baxtli etding
Kimning qo`llarida men sevgan qo`llar
Kimning ko`zlarida meni sevgan ko`zlar
Kimlarning bag`rida meni unutding
Ko`zlariga boqib kulib turarding
Mening ahvolim esa asta og`irlashar
Uni yo`qotaman – yurak shuni sezar
O`ylagim kelmaydi lekin o`ylarimdasan
Yig`lagim kelmaydi lekin ko`zlarimda nam
Ko`z yosh bo`lib ketsang edi yuragimdan
Afsuski qalbimdasan yosh bilan yuvilmaysan
O`ylagim kelmaydi lekin o`ylarimdasan
Kuylagim kelmaydi lekin kuylarimdasan
Qani nola bo`lib ketsang edi dardimdan
Afsuski qalbimdasan kuy ila unutilmaysan
Ko`zlari ko`ziga boqar
Buni ko`rib qalbim qiynalar
Erkalab bag`riga bosar…
Ko`zlari ko`ziga boqar
Buni ko`rib qalbim qiynalar
Kimlarning bag`rida lablarida asta erib borasan
Kimning yelkasida shirin uyquga ketasan
Go`yoki ko`rayotganlarim tush
Afsuski chorasiz qushman qanotidan judo bo`lgan
Ko`zda quvonch qolmagan yuragim to`xtab bo`lgan
Hayotda hech qanday maqsadim hattoki qolmagan
Endi bir manzilim yo`q seni izlab foyda yo`q
Qaytargim keladi lek qaytarishning imkoni yo`q
O`ylagim kelmaydi lekin o`ylarimdasan
Yig`lagim kelmaydi lekin ko`zlarimda nam
Ko`z yosh bo`lib ketsang edi yuragimdan
Afsuski qalbimdasan yosh bilan yuvilmaysan
O`ylagim kelmaydi lekin o`ylarimdasan
Kuylagim kelmaydi lekin kuylarimdasan
Qani nola bo`lib ketsang edi dardimdan
Afsuski qalbimdasan kuy ila unutilmaysan
Ko`zlari ko`ziga boqar
Buni ko`rib qalbim qiynalar
Erkalab bag`riga bosar…
Ko`zlari ko`ziga boqar
Buni ko`rib qalbim qiynalar
Ko`zlari ko`ziga boqar
Buni ko`rib qalbim qiynalar
Erkalab bag`riga bosar…
Ko`zlari ko`ziga boqar
Buni ko`rib qalbim qiynalar