Чаккон » Узбекские песни 2022 » Botir Qodirov - Musofir
Botir Qodirov - Musofir
Слушать
Скачать

Botir Qodirov
Musofir

!
  • Время размещено на сайте: 6-06-2020, 08:57
  • Качество песни: 128 kbps
  • Размер песни: 4,23 MB
  • Длительность песни: 4:35
  • Сколько скачать? 118
На странице сайта Chaqqon.Net вы можете послушать песню известного исполнителя Botir Qodirov "Musofir" в режиме онлайн со своего телефона, ноутбука или компьютера в высоком качестве 128 kbp/s.

Текст песни
Qoshing qora ko`zlaring qora
Yulduzisan qaysi osmonning
Eslolmasang o`zim eslatay
Bolasisan O`zbekistonning
Qachon kelding bu yerga o`zi
Ne maqsadda daydib yuribsan

Anchagina ulg`ayibsan-ku
Qorayibsan ozib-to`zibsan
Jilg`alarsiz daryo quriydi
Daryoyingni qo`yma unutib
Yur barini eslaymiz birga
Aylantiray qo`lingdan tutib
Yodingdami beshiging o`g`lim

Undan hali hiding ketmagan
Mahallangning yo`liga qara –
Bundan hali izing ketmagan
Qara onang tandir yonida
Yopayapti sen uchun kulcha
Etagidan ajralmasdingku
Sog`intirding sen uni buncha

Akang bilan uchirgan varrak
Boq osmondan tusholmayapti
Opang seni sog`inib yig`lab
Tishlaganin yutolmayapti
Oxirgi bor qachon eshitding
To`ylardagi yor-yorni o`yla

Bor xayolan do`stlaring bilan
O`rtaga tush quloch yoz o`yna
Eh hayit bayramini sog`inib
Oqizdingku ko`zing yoshini
Senga asrab charchadi yangang
Arafaning shirin oshini

Qara o`sha tanish choyxona
Choylashib gasht qilar keksalar
Ko`rding otang kulolmayapti
Yo`lga qarab seni axtarar
Ammang xolang amaking tog`ang
Tarqatyapti sumalaklarni

Nahot sog`inmading jon bolam
Navro`zdagi kamalaklarni
Qara buving qaddi bukilib
Ushoqdayin bo`lib qaribdi
Bir ko`rishga ulgurmikansan

Xastalanib yotib qolibti
Bolam deysan tilingda ming bor
Qo`lingda dast ko`tarolmaysan
Kechirsa ham bir kun ayoling
Sen o`zingni kechirolmaysan

Musofirning qadri bo`lmaydi
Musofirning qabri bo`lmaydi
Musofirning musofirlikdan
O`tadigan dardi bo`lmaydi
Tish qayrama yomon dema hech
Seni katta qilgan Vatanni
Kim deydilar eshigini tepib
Beshigini buzgan odamni

Yashnamaydi novda ildizsiz
Tomiring suv ichgan yerga bor
Otang qurgan yo`llarni yashnat
Uy yoniga yana bir uy sol
Yaxshilik qil yurtingni yashnat
Qo`ldan berma shunday imkonni
Sen hech kimdan kam emassan bil
Bolasisan O`zbekistonning
Рекомендуем послушать
Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив