Qanday paydo bo`ldi tibbiyot ham lol
Qachon yo`qoladi – qiynaydi savol
Bu darddan hech kimsa topmasin zavol
Xalqim sizlarni deb xavotirdaman
Ko`zing yumgan bilan kelmaskan uyqu
Mas’uliyat eng kuchli eng kuchli tuyg`u
Ko`payib ketmasin deb bu yovuz og`u
Xalqim sizlarni deb xavotirdaman
Maktabga bormagan bolalarim ko`p
Bog`chasin sog`indi lolalarim xo`b
Qaniydi birma-bir o`ynay olsam to`p
Xalqim sizlarni deb xavotirdaman
Yoshi ulug` bobo momolarim bor
Ularsiz men uchun keng dunyolar tor
Ollohim qo`llagin qilma bizni xor
Xalqim sizlarni deb xavotirdaman
Necha kundan buyon ko`nglimiz xira
O`zlarin o`ylaydi demangiz sira
Ollohdan beamr kirmaydi sira
Xalqim sizlarni deb xavotirdaman
Ollohdan sizlarni deb sog`lik so`rayman
Kerak bo`lsa agar gulga o`rayman
Jonim kerak bo`lsa jonim beray man
Xalqim sizlarni deb xavotirdaman
Kelinglar birlashib dengiz bo`linglar
G`aflat uyqusidan keng uyg`oninglar
Men uchun men uchun uyda qolinglar
Xalqim sizlarni deb xavotirdaman