Derazadan tushgan nurda o'glim meni ko'zim bor
Elga qilgan savobingda bilki yorug' yuzim bor
Gar g'aflatdan yiroq ersang vujudingda o'zim bor
Bolam otam o'lgan dema men o'zingda yashayman
Kim ortingda duo qilsa men izingda yashayman
Bandasidan qo'rqma bolam qo'rqqin faqat Xudodan
Yukunmagin sen har xasga shavqat tila Ollohdan
Rostdir o'lmoq kulib ketish bu yolg'onchi dunyoda
Bolam otam o'lgan dema men o'zingda yashayman
Diling tiling bir bo'lsa gar men so'zingda yashayman
Yodinggiz nur hamon yagonam otam
Yodinggiz nur hamon yagonam otam
Oqil-u mehribon mardonam otam
Oqil-u mehribon mardonam otam
Qiyoslamoq bo'lsam oy-u quyoshgaye
Qiyoslamoq bo'lsam oy-u quyoshgaye
Sahovat bog'ida bir donam otam
Oqil-u mehribon mardonam otam
Qachon mard rost bo'ldim
Siz sabab ota
Haqqa iymonga do'st degan siz ota
Sababchi bo'lgan-u guvoh bo'lmagan
Orzulari osmon giryonam otam
Giryonam otam