Bizlar qachon bo`ldik begona
Boshqalar ko`zida ko`ngil yagona
Mening qalbim har dam sizga devona
Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni
Begim yig`ib oling deydi xayolni
Aslo o`ylamang orqaga yo`l yo`q
Sizga javob yo`qdir ko`ngil bo`lsin to`q
Lekin yurak og`rir tegdi bitta o`q
Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni
Begim yig`ib oling deydi xayolni
Farzandlar ko`ziga qanday qarayman
Endi men sizni kim deb atayman
Mag`rur boshim egib o`yga ketay man
Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni
Begim yig`ib oling deydi xayolni
Unga xo`b yoqasiz – davlatingiz bor
Sizni xush ko`radi savlatingiz bor
Ammo bir kun sizni qilar xoru-zor
Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni
Begim yig`ib oling deydi xayolni
Siz bilan boraman o`tga-cho`qqa ham
Bir burda nonni ko`raman baham
Endi ketmayman deb ichasiz qasam
Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni
Begim yig`ib oling deydi xayolni
Ko`zingizda ko`rdim o`zga ayolni
Begim yig`ib oling deydi xayolni
Bizlar qachon bo`ldik begona