Чаккон » Узбекские песни 2022 » Nilufar Usmonova - Kel ikkimiz
Nilufar Usmonova - Kel ikkimiz
Слушать
Скачать

Nilufar Usmonova
Kel ikkimiz

!
  • Время размещено на сайте: 6-06-2020, 09:43
  • Качество песни: 128 kbps
  • Размер песни: 4,51 MB
  • Длительность песни: 4:53
  • Сколько скачать? 1 150
На странице сайта Chaqqon.Net вы можете послушать песню известного исполнителя Nilufar Usmonova "Kel ikkimiz" в режиме онлайн со своего телефона, ноутбука или компьютера в высоком качестве 128 kbp/s.

Текст песни
Mag‘rur boshim egib ko‘ksinga bosib
Qaynoq labing ila asta o‘pasan
Ko‘zlarimga jovdirab uzoq termulib
Qo‘llarimdan qo‘ling uzib ketasan
 
Buncha shoshilmasang hijron bog‘ingga
Axir anda gul emas tikan terasan
Shuncha jabr yetmasmi yoshlik chog‘ingga
Nahot keksayganda ham yig‘lab o‘tasan

Kel ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz
Sevgimiz baxtidan doston bitaylik
Sevgimiz (ishqimiz) tillarda afsona bo‘lib
Sevishganlar yo‘liga bir nur tutaylik
 
Ranjisa-da o‘n yillik azobdan yurak
Urib turar chunki unda bor tilak
Boshqasi istakmas bir sendan bo‘lak
Bizlarga-sen sen begim kerak
 
Istagim qalbingda tanho gul bo‘lay
Ishqingda yonib bir umr kul bo‘lay
Masxara aylatma ul zag‘chalarga
Bog‘ingda sayragan bir bulbul bo‘lay

Kel ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz
Sevgimiz baxtidan doston bitaylik
Ishqimiz tillarda afsona bo‘lib
Sevishganlar yo‘liga bir nur tutaylik
 
Nafratlanib ketaman goho o‘zimdan
Charchadim yosh artib qaro ko‘zimdan
Lek seni sevaman seni sevaman
Shunga hech tushmaysan qo‘shiq so‘zimdan
 
Roziman ustimdan xo‘p hamma kulsin
Kimlardir sabrimdan axtimdan kulsin
Olam kulsin dushman kulsin ul yorlar kulsin
Men-chi baxtga to‘lay bizni Alloh qo‘llasin

Kel ikkimiz tiriltirib ertaklarimiz
Sevgimiz baxtidan doston bitaylik
Sevgimiz (ishqimiz) tillarda afsona bo‘lib
Sevishganlar yo‘liga bir nur tutaylik
 
Kel
Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив