Onaginam senday yaqin do`st yo`q ekan
Mehringga-ku umuman gap-so`z yo`q ekan
Sen qilgan bu duolar-u tilagingning
Oldida bosh egaman sof yuragingning
Qani bitta mo`jiza ro`y bersa edi
Yo bir sehr qo`llarimdan kelsa edi
Onajonim ko`zlaringda nur bo`lardim
Mehribonim yo`llaringda gul bo`lardim
Onaginam kel poyingga men tiz cho`kay
Meni boqqan qo`llaringdan kel bir o`pay
Bag`ringga bosh qo`ysam g`amlar chekinadi
Yuragimdan g`am-alamlar to`kiladi
Qani bitta mo`jiza ro`y bersa edi
Yo bir sehr qo`llarimdan kelsa edi
Onajonim ko`zlaringda nur bo`lardim
Mehribonim yo`llaringda gul bo`lardim
Qani bitta mo`jiza ro`y bersa edi
Yo bir sehr qo`llarimdan kelsa edi
Onajonim kim bo`lsam ham bu dunyoda
Mehribonim sening uchun qul bo`lardim
Onaginam senday yaqin do`st yo`q ekan
Mehringga-ku umuman gap-so`z yo`q ekan
Onajonim tilagim bor alohida:
Asrasin yo Rabbim seni panohida