Daryolarning bo‘ylarida bir tup chinor-da
Bir tup chinor taglarida ko‘zi xumor-da
Ko‘zi xumor ko‘zlariga ko‘zlar tegmasin
Ko‘zmunchog‘im taqib qo‘yay bo‘lsin tumor-da
Daryolarning sohilida qoldi ro‘molim
Ro‘molimning ucharida jonu jahonim
Sizni sevmoq sizga kuymoq taqdir azaldir
Yo‘llaringiz chaqir ekan tildi tovonim
Daryolarning nur yuzida uchar o‘rdaklar
Bir birovin quvalashib suzar o‘rdaklar
Bu kun sizni ko‘rmasam devonadirman
Qadim-qadim qo‘rg‘onidan ko‘char yuraklar
Daryo tilin jimirlatgan tog‘larning qori
Yigitni ham suluvni ham o‘ldirur ori
Ori yo‘qqa oshno bo‘lib ordan ayrildim
Bunchalar ham dushvor ekan dunyoning kori