Mehringizdan yashnab yuraman
Mag'rur qadam tashlab yuraman
Dunyoda eng tabarruk inson
Dada sizni yaxshi ko'raman
Alamlarim ko'zlarin yopay
Yoningizga yuguray chopay
Keling bir bor bag'rimga bosay
Dada sizni yaxshi ko'raman
Qadringizni bilmaganim bor
Aytganingiz qilmaganim bor
Kechirimlar so'rayman takror
Dada sizni yaxshi ko'raman
Jon dadam-a mehribon dadam
So'zlarida mehri bor dadam
Kamtargina xokisor odam
Dada sizni yaxshi ko'raman
O'z dardiga o'ralgan dunyo
Tashvishlardan yaralgan dunyo
Aytaolmadim shu so'zni goho
Dada sizni yaxshi ko'raman
Har kun sizni o'ylasam ham-ki
Mehringizga to'ymasam ham-ki
Kunda quchib qo'ymasam ham-ki
Dada sizni yaxshi ko'raman
Quchog'ingiz bunchalar ham keng
Jon bolam-a jonim bolam deng
So'zlaringiz tillolarga teng
Dada sizni yaxshi ko'raman
Jon dadam-a mehribon dadam
So'zlarida mehri bor dadam
Kamtargina xokisor odam
Dada sizni yaxshi ko'raman
Dardin yegan har o'g'il qizni
Zorig'tirmay o'stirgan bizni
Ota bo'lib angladim sizni
Dada sizni yaxshi ko'raman
Dardin yegan har o'g'il qizni
Zorig'tirmay o'stirgan bizni
Ota bo'lib angladim sizni
Dada sizni yaxshi ko'raman
Jon dadam-a mehribon dadam
So'zlarida mehri bor dadam
Kamtar dadam xokisor odam
Dada sizni yaxshi ko'raman
Dada sizni yaxshi ko'raman
Dada sizni yaxshi ko'raman