Dunyo shunchalar qimmatmi
Shu pulsiz zulmatmi
Boylik — eng ulugʻ ne’matmi
Yoʻqmi inson qiymati
Oʻylab qolaman oʻtkinchi olam
Mol-dunyoga buncha oʻch bu odam
Choʻntak boʻsh boʻlsa bosma qadam
Mensimasdan qarar koʻz qiridan
Sezmay qolaman aldaydi odam
Qoʻrqmaydi harom non yer hiyladan
Maqsad — sotish hatto sotuvda badan
Tavba qil qoʻrq olov taftidan
Unutma ey inson bu — foniy dunyo
Boʻlma razil tushdamassan bu — roʻyo
Oʻylaysan hammasi yaxshidek goʻyo
Sen sabab yo haq yo nohaq bu dunyo
Tuzilgan shunaqa “qora dastur”
Piyodasan yoʻqmi moshina — ozgina past tur
Boy kasal boʻlsa doʻxtirlar hammasi gʻamxoʻr
Kambagʻalning joni ogʻrisa “Navbatda jim tur”
Boʻlsa boldi bitta yangi iPhone
Oʻtdi vaqt maqsadsiz doim birga shayton
Qora Gentra 3-4 soʻm pul ol senga maydon
Tulki boʻri ilon — oʻzi shularmi hayvon