Dema doʻstim atrofim aldov
Hozirgi kun dunyo — savdo
Negadir odamlar ayyor
Pul boʻlsa har narsa tayyor
Pul turadi munosabatlar
Pul turadi baxtli soatlar
Baxt — puldamas degan ertaklar
Oʻylab topgan bir tiyini yoʻqlar
Orzular hozirgi zamonda pul
Zamon sengamas sen zamonga kul
Kutma yordam oʻzingni qur
Yotma izlan yoʻlingni bur
Loyiqsan sen har doim yaxshisiga
Goʻzal asal qizchalar olqishiga
Ha sabr qiyin birinchi bosqichiga
Chiqamiz biz dunyo choʻqqisiga
Uzun bu koʻchalar berar uzoq baxt
Uyqusiz kechalar emas besabab
Bilasan choʻldan koʻkarmas daraxt
Baxillar yonsin “Kim bu” deb soʻrab
Odamdan oldin gapiradi karmon
Oʻzingni aldama ishon doʻstim
Qil harakat qolib ketmasin armon
Tushunasan shunda balandin-pastin
Mayli-mayli…
Chidaymiz bu kunlar oʻtadi-ketadi
Azob deb siqilma rohati qaytadi
Mayli-mayli…
Chidaymiz bu kunlar oʻtadi-ketadi
Azob deb siqilma rohati qaytadi
Toʻxtama bir zum qoʻyishdan maqsad
Iloji yoʻq deb oʻylama
Sinov senga tik boqsa
Kun kelib oltinga aylanar
Oʻylama kim nima der ekan
Bilmaydi xohishing oʻzingdayin
Kerakmas qoʻy deyishar ekan
Reja kamida boʻlsin bundayin: