Men bu zamon o'zingdan yiroqda
Ne kechar erta-kun dil so'roqda
Hijron nima u Qalbing bu haqda tushunmas
Yosh jonimda qanchalar faryodim
Bilmadim qay choradir najotim
Aldanganim nahotki hayotim tush emas
Qorong'u qismatimdan bor ming xayollar
Sen deya bag'rim ezar zavollar
Sen tomon ketgan uzun savollar javobsiz
Nahotki men sen uchun endi hech kim emas
Bir tasalli nahotki mumkinmas
Bu holatim sen uchun qiziqmas insofsiz
Kel ko'r sensiz bu holatimni ne kechar
Kel ko'r iztirobing kuniga qon ichar
Kel ko'r bu yurak yolg'izlikdan g'am chekar
Kel ko'r
Kel ko'r sensiz bu holatimni ne kechar
Kel ko'r iztirobing kuniga qon ichar
Kel ko'r bu yurak yolg'izlikdan g'am chekar
Kel ko'r
Sen bu zamon o'zimdan yiroqda
Kim endi yo'ldoshing dil firoqda…