oy to'lgan oqshomda oydek to'lmayin
o'zganing bag'rida so'lding nasibam
peshonamga yozgan baxtim bo'lmayin
boshqaga nasiba bo'lding Nasibam
afsus yolg'onlarga ketting chingamas
nechun yo'lni chapga burding o'nggamas
menga ko'ngil berib jonim mengamas b
oshqaga nasiba bo'lding Nasibam
O'zim isyonkorman o'zim isyonman
qaldirg'ochlari tark etgan ayvonman hamon
tushunolmay lolu xayronman boshqaga
nasiba bo'lding Nasibam
Nasibam yurakka oshno bo'ldi g'am
Nasibam seni deb ko'zlarimda nam
Nasibam o'shandan mening nimam kam
boshqaga nasiba bo'lding Nasibam
Yomon tushlarimni etib ketting rost
arzonga sevgisin sotganlarga xos
o'zingga yo meni bilmadingmi mos
boshqaga nasiba bo'lding Nasibam