Unutganim yo`q hali yodimdasan
Tilimda yo`qsan-u lek dilimdasan
Sen adashtirma mani men sen emasman
Sendayin oson kecha olmasman
Mayli sog`inma mani sog`inib ketdim
Tishimni tishimga qo`yib indamay ketdim
Axir birinchim eding qiyin bo`larkan…
Kuylarimda yo`qsan ancha bo`ldi
Sanga bo`lgan izhorlarim tugab bo`ldi
Sani xohladim qaytishing ortga
Afsus battar qildim borib yoningga
Yaradorman ko`kdagi qushday
Qulamoqdaman ishqilib yomon tushmay
Sendan yordam qo`ydim kutmay
Mani tushunarding ahvoling bo`lganida menday
Lekin sanda hammasi boshqacha
Yuragingga sig`adi kimsalar qancha
Yana qanchasiga ko`ngil berasan
Oxiri baribir ajralib ketasan
Meni esa hamon ko`nglim senda
Sevgimizni bir o`zim asrab yuribman-da
Keragi yo`q ortingga qaytma
Faqat qandayin ayt Indamay turma
Qanday ayt
Kulib-yayrab yuribsan menga ham o`rgat
Men seni deb yonib-kuyib yurgan payt
Indamay turma axir bir so`z ayt (x2)
Ko`zlaringning aksida men bo`lay butun umr derding
Ko`zlarimning aksida sen ketgan yo`l qolib ketdi
Ko`zlaringning aksida men bo`lay butun umr derding
Ko`zlarimning aksida sen ketgan yo`l qolib ketdi
Unutganim yo`q hali qalbimdasan
Balkim qalbimda emas dardimdasan
Sen alishtirding meni aytgin kimlarga
Men alisha olmadim sani butun dunyoga
Chunki sanda hammasi boshqacha
Kechalaring o`tadi o`zgacha
Bu yurishingda qaygacha ham borasan
Oxiri baribir yolg`iz qolasan
Mening esa hamon ko`nglim senda
Sevgimizni bir o`zim asrab yuribman-da
Keragi yo`q ortingga qaytma
Faqat qandayin ayt Indamay turma
Qanday ayt
Kulib-yayrab yuribsan menga ham o`rgat
Men seni deb yonib-kuyib yurgan payt
Indamay turma axir bir so`z ayt (x2)
Bir so`z ayt…