Oppoq qog'oz qarshimda nima deb yozay
Bo'g'zimda bitta so'z aytolmayapman
Uch yil oldin o'pkamni to'ldirgan isni
Ming turfa guldanam topolmayapman
Oppoq qog'oz qarshimda nima deb yozay
Bo'g'zimda bitta so'z aytolmayapman
Uch yil oldin o'pkamni to'ldirgan isni
Ming turfa guldanam topolmayapman
Qalbimda chigilgan bir katta tugun
Onamni sog'inib yurak bo'ldi xun
Ovutguvchi zot qoshimda bugun
Sabrim to'ldi jonima sog'indim sizni
Qalbimda chigilgan bir katta tugun
Onamni sog'inib yurak bo'ldi xun
Ovutguvchi zot qoshimda bugun
Sabrim to'ldi jonima sog'indim sizni
Tugab bitmas boyligim
O'zimni chiroyligim
Mushtiparim onamaaa
Xokisorim onamaaa
Tugab bitmas boyligim
O'zimni chiroyligim
Mushtiparim onamaaa
Xokisorim onamaaa
Ona ko'ngli bolada
Bola ko'ngli dalada
Yuzga kirsa ham odam
Ona uchun bolada
Hech kimga bildirmayin
Yig'lab pana-panada
Sabrim to'ldi jon ona
Sog'indim sizni
Ona ko'ngli bolada
Bola ko'ngli dalada
Yuzga kirsa ham odam
Ona uchun bolada
Hech kimga bildirmayin
Yig'lab pana-panada
Sabrim to'ldi jon ona
Sog'indim sizni
Dunyoning barcha shodlig-u rohatlarini
Alishmasman onam eski kalishlariga
Chetga surdim qo'ydim dunyo ishlarini
Sabrim to'ldi jon ona jon ona
Sog'indim sizni
Tugab bitmas boyligim
O'zimni chiroyligim
Mushtiparim onamaaa
Xokisorim onamaaa
Tugab bitmas boyligim
O'zimni chiroyligim
Mushtiparim onamaaa
Xokisorim onamaaa