Yuragim bedor qoldi yuragim
Sani deb qancha azoblarni ko`rdi bu yuragim
Keragim sanga yo`qmi keragim
Faqat sani baxtli qilish edi bitta tilagim
Xayolim faqat sanda xayolim
Xatolar qilmaganingda bo`lar eding ayolim
Xatoyim ayt ne edi xatoyim
Axir sani asrab-avaylagan bo`lsam har doim
Ha yana biroz yonimda qoling deya
So`rar eding mendan qilib iltimos
Na bitta bir so`z aytishingga ham arzimadimku
Ishonmadim nahot bu rost
Dard yana bu dard
Jimlikda hasratlarimni sochmoqda topa olmadimku baxt
Ayt yuragim ayt
Nima uchun kim uchun yonib-kuyding befoyda shuncha payt
Yig`ladingmi men deya Ayrilding kim deya
Zoya ketdi shuncha orzularim
Faqat bir sen deya
Yig`ladingmi men deya Ayrilding kim deya
Zoye ketdimi shuncha vaqtlarim
Faqat bir sen deya
Bo`ladi bari yaxshi bo`ladi
Kun kelib voz kechib yurak bir kun taskin topadi
Ko`nadi ko`zlarim ham ko`nadi
Ishonaman uni ko`rmaslikka ham o`rganadi
Va’dalar qani o`sha va’dalar
Shu savolni tinglab qilib ketding zardalar
Axir o`zing bilib turibsan aybdorliging
Qanchalar og`ir botganda o`zgaga zorliging