Armonim qo’ymas omon otamni eslab hamon
Yetimlik dardi yomon yomon-o yomon-o yomon-o
Ko’zim yo’lga mo’ltirar go’yoki otam kelar
Ko’cha boshi bo’sh bo’lar yomon-o yomon-o yomon-o
Jonim to’kildiku mani qolib ketdi orzularim mani
Hech bo’lmasa tushlarimga kiring sog’inganim otajonim mani
Yuzlarin silab kutsam bolalik sari ketsam
G’amlarimni unutsam yomon-o yomon-o yomon-o
Aytolmagan gaplarim titratadi lablarim
Qabrda kabutarim yomon-o yomon-o yomon-o
Jonim to’kildiku mani qolib ketdi orzularim mani
Hech bo’lmasa tushlarimga kiring sog’inganim otajonim mani
Sizning o’rningizni hech kim bosolmaydi dadajon
Sizni yomon sog’indim keling hech bo’lmasa tushlarimga kiring