Bu ketishda jonimga
Zavol yetmasa bo'ldi
Yurakni armonlar
Tilmasa bo'ldi
Savolga ko'milib yog'ilib
Dard kabi ko'nglida
Ko'chalarga tikilib tikilib qoldi
Senga aytar so'zlarim
Dilimda qoldi
Mahzun bu yurak ishqingda yondi
Qaniydi kelsa yo'qlab
Bir bor yonimga
Nahotki sevib jabr
Qildim o'zimga
Qo'ygin yurak yurak
Senga nima kerak
Bo'ldi bo'ldi yurak
Yor deb bo'lma halak
Qo'ygin yurak yurak
Senga nima kerak
Bo'ldi bo'ldi yurak
Yor deb bo'lma halak
Bechora bu yurak sendan
Voz kecholmaydi
Yolg'izlikka hamon
Ko'na olmaydi
Aytaman ovunib ovunib
Dardimni tunlarga
Unutaman deyman lek
Ko'ngil qolmaydi
Senga aytar so'zlarim
Dilimda qoldi
Mahzun bu yurak ishqingda yondi
Qaniydi kelsa yo'qlab
Bir bor yonimga
Nahotki sevib jabr
Qildim o'zimga
Qo'ygin yurak yurak
Senga nima kerak
Bo'ldi bo'ldi yurak
Yor deb bo'lma halak
Qo'ygin yurak yurak
Senga nima kerak
Bo'ldi bo'ldi yurak
Yor deb bo'lma halak