Sen bilan o`tgan kunlar o`tmishga aylandi
Xazon bo`ldi orzular armonga belandi
Biz sevgan baxtning kuyi endi yangramaydi
Tunlari ko`kda porlagan yulduz
Biz uchun nurlar sochmaydi
Yig`lama yurak yig`lama osmon
Endi u hech qaytmaydi sevishini aytmaydi
Afsus begumon hammasi tamom
O`ylamay deyman lekin o`ylamay bo`lmaydi
Sog`inchlar menga qarshi hech tinim bermaydi
Yuzlaringdagi kulgu xayoldan ketmaydi
Endi kimga atalar ekan u
Aqlimga aslo sig`maydi
Yig`lama yurak yig`lama osmon
Endi u hech qaytmaydi sevishini aytmaydi
Afsus begumon hammasi tamom
Sensiz kechalardan to`ydim
Yuragimdan yondim-kuydim
Armonlaridan yolg`onlaridan
Sevgini tushunolmay ham qoldim
Bir bor bir yo`q bu sevging
Sarson bilmaydi yuraging
Ketma-ket quvonch ketma-ket azob
Aqlimga sig`maydi bo`la olmadik birga nahot
Yig`lama yurak yig`lama osmon
Endi u hech qaytmaydi sevishini aytmaydi
Afsus begumon hammasi tamom