Чаккон » Узбекские песни » Aka-uka Farhodovlar - Urushni to'xtating janoblar
Aka-uka Farhodovlar - Urushni to'xtating janoblar
Слушать
Скачать

Aka-uka Farhodovlar
Urushni to'xtating janoblar

!
  • Время размещено на сайте: 10-04-2026, 21:38
  • Качество песни: 320 kbps
  • Размер песни: 10.15 MB
  • Длительность песни: 4:26
  • Сколько скачать? 3
На странице сайта Chaqqon.Net вы можете послушать песню известного исполнителя Aka-uka Farhodovlar "Urushni to'xtating janoblar" в режиме онлайн со своего телефона, ноутбука или компьютера в высоком качестве 320 kbp/s.

Текст песни
Bir osmon ostida turfa millatlar
Turli tillarda yangrar dardli nidolar
Insonlar bir biriga o'q otar tinmay
Begunoh insonlar qurbon bolalar

Otalar faryodi titganda elni
Onalar ko'zyoshi bosganda elni
Yuraklarda motam dardli armonlar
Millatlar kelajak zamin yig'larlar

Yetar - yetar yetar qirg'inlar
Yetar shuncha ezilgan g'amlar
Dunyo bitta uni asraylik
Mehr bilan yashnasin ellar

Insonlarni asrar xor etmang
Qo'l berishib yarashsin xalqlar
Ota - onalar go'daklar quvonsiz
Urushni to'xtating janoblar

Dunyoni tinch qo'ying
Janoblar

Qay tilda yig'lasa onayu bola
Ko'zyoshlar tamiyu dardi yagona
Qaysi yurtda yotsa ham inson qurboni
Barchada qayg'u va hasrat yagona

Yetar - yetar yetar qirg'inlar
Yetar shuncha ezilgan g'amlar
Dunyo bitta uni asraylik
Mehr bilan yashnasin ellar

Insonlarni asrar xor etmang
Qo'l berishib yarashsin xalqlar
Ota - onalar go'daklar quvonsiz
Urushni to'xtating janoblar

Dunyoni tinch qo'ying
Janoblar
Комментарии (0)
Добавить
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив