Nodonolar tubidan dono qidirmang
Ya'ni kesakdan ham jilo qidirmang
Pokiza zaminda ular toza gul
Tikonzor ichinda rano qidirmang
Nodonolar tubidan dono qidirmang
Ya'ni kesakdan ham jilo qidirmang
Pokiza zaminda ular toza gul
Tikonzor ichinda rano qidirmang
Lim - lim daryo lim - lim dunyo
Lim - lim so'zlar qalbdan toshar
Lim - lim sharob lim - lim azob
Birdan zulmat lim - lim oftob
Vafo qilibdimi boyligi bisot
Kechib oriyatdan dunyo qidirmang
Yomonga oshnolar baloga oshno
Xay - xay boshingizga balo qidirmang
Vafo qilibdimi boyligi bisot
Kechib oriyatdan dunyo qidirmang
Yomonga oshnolar baloga oshno
Xay - xay boshingizga balo qidirmang
Lim - lim daryo lim - lim dunyo
Lim - lim so'zlar qalbdan toshar
Lim - lim sharob lim - lim azob
Birdan zulmat lim - lim oftob
Lim - lim daryo lim - lim dunyo
Lim - lim so'zlar qalbdan toshar
Lim - lim sharob lim - lim azob
Birdan zulmat lim - lim oftob