Dunyo bunchalar tez o'zgarding nechun
Yoki o'zgartirdimi seni odamlar
Shayton tuzog'iga ilinib bugun
Nomusdan kechyapti qancha sanamlar
Shayton tuzog'iga ilinib bugun
Nomusdan kechyapti qancha sanamlar
Xayqirsa tog' qular haybati qani
Nega nara tortmay qo'yabdi sherlar
Bosh qotsa topolmay muslimalarni
Lozim kiyishga tayyor ba'zi erkaklar
Bosh qotsa topolmay muslimalarni
Lozim kiyishga tayyor ba'zi erkaklar
Mumin bo'lolmadik ertaniz o'ylab
Uyda chang bosib yotar joynamoz
Bugun aka - ukalar go'shtini yeydi
Otadan bir matoq qolganda meros
Bugun aka - ukalar go'shtini yeydi
Otadan bir matoq qolganda meros
Nafsi butunlar ko'p iymoni mayib
Birov haqqini yeb turar jilmayib
Yana xato qadam bosib ba'zilar
Uyda halolin qo'yar yig'latib
Yana xato qadam bosib ba'zilar
Uyda ayolin qo'yar yig'latib
Dunyo bunchalar tez o'zgarding nechun
Yoki o'zgartirdimi seni odamlar
Shayton tuzog'iga ilinib bugun
Nomusdan kechyapti qancha sanamlar
Shayton tuzog'iga ilinib bugun
Nomusdan kechyapti qancha sanamlar
Nomusdan kechyapti qancha sanamlar