Ketaver sen baribir meni tushunmaysan
Men senga kerakmas shuni tan ola olsang bas
Lek tan ololmaysan
Va'dalar yuragimni zabt etgan lablar
Yolg`onmidi ular
Men esa ishonar edim ularga Nega
Chunki seni sevardim jonimdan ortiq
Ko`zlarim ko`r bo`lib shartlaringga ko`nib
Sen ketding-u keyin qanchalar qiynaldim
Sen buni bilmaysan nega
Yuz o`girib mendan kimni tanlab ketding
Sevgim qadrin bilmay ko`zim yoshlab ketding
Yolg`iz suyanganim senga ishongandim
Sen buni bilmaysan yana
Balki sen ham meni sog`ingandirsan
Shunday deb o`zimni har kun ovutaman
Sen buni bilmaysan nega
Chunki seni sevardim jonimdan ortiq
Ko`zlarim ko`r bo`lib shartlaringga ko`nib
Sen ketding-u keyin qanchalar qiynaldim
Sen buni bilmaysan nega
Yuz o`girib mendan kimni tanlab ketding
Sevgim qadrin bilmay ko`zim yoshlab ketding
Yolg`iz suyanganim senga ishongandim
Sen buni bilmaysan yana
O`tar kunlar armonga yengilgan yillar
Nahot sevgim xazon orzularim yakson
Voz kecholding oson
Yog`ganda yomg`irlar eslab meni qiynar
Men seni unutdim o`ksinib tunlar
Ko`zda yosh qolmadi umidlarim so`ndi
Sen buni bilmaysan nega
Yuz o`girib mendan kimni tanlab ketding
Sevgim qadrin bilmay ko`zim yoshlab ketding
Yolg`iz suyanganim senga ishongandim
Sen buni bilmaysan yana