Derazadan boqar sohibjamol oy
Nigohlari to‘la karashma chiroy
Kechirgin bo‘libman oyga mahliyoo o
Ishon endi unga qilmayman parvo
Oyning sochlarini o‘rmayman
Mayli oyning sochlarini o‘rmayman
Men seni oylarga men seni oylarga
Men seni oylarga bermayman
Suluv kelinchakdek bezarmish bahor
Dalalar ham gulzor bog‘lar ham gulzor
Gullarga boqqandim kulib ochilib yorey
Yoshlaring ketdilar nurday sochilib
Bahor gullarini termayman
Mayli bahor gullarini termayman
Men seni gullarga men seni gullarga
Men seni gullarga bermayman
Men seni gullarga men seni gullarga
Men seni gullarga bermayman
Qancha shirin damlar kechmog‘i mumkin
Faqat sen o'ynagin quvnagin kulgin
Sen mening taqdirim oxir-azalim joney
Sen mening bahorim oyim g‘azalim
Qalbimsan men qalbsiz yurmayman
Qalbimsan men qalbsiz zinhor yuurmayman
Qalbimni hech kimga
qalbimni hech kimga
Qalbimni hech kimga bermayman
Qalbimni hech kimga
qalbimni hech kimga
Qalbimni hech kimga bermayman
Men seni oylarga men seni gullarga
Men seni hech kimga bermayman