Hayotimda har ne bor
Lek yurakda yo'q tinchim
Bo'lolmadim yaxshi yor
Qadring o'tdi birinchim
Mungli nigoh ko'zimda
Dardu nola so'zimda
Qolgan ekan o'zingda
Kulgularu sevinchim
So'zlaring edi mayin
Sevaring eding qandayin
Kun o'tib borgan sayin
Ortib borar sog'inchim
Seni sevish bir huzur
O'ylash seni biur huzur
Tushlarimga kirib tur
Senda bitta o'tinchim
Birinchima hey birinchima birinchim
O'ylab seni yo'q tinchim
Hey birinchima birinchim
Alam bo'yu bastidan
Jonga qilgan qastidan
Xijronlarning dastidan
Uonayapti ich - ichim
Tishim bosarman tishga
Bahorim asir qishga
Seni hech unutishga
Topolmadim bir yechim
So'zlaring edi mayin
Sevaring eding qandayin
Kun o'tib borgan sayin
Ortib borar sog'inchim
Seni sevish bir huzur
O'ylash seni biur huzur
Tushlarimga kirib tur
Senda bitta o'tinchim
Birinchima hey birinchima birinchim
O'ylab seni yo'q tinchim
Hey birinchima birinchim
Birinchima hey birinchima birinchim
O'ylab seni yo'q tinchim
Hey birinchima birinchim