Bepayon olamasan mohitabonsan
Zirdan tim olmagan jon ichra jonsan
Duri nashiringa sadab qorg'onsan
Muqaddas tuprog'im ona zaminim
Bag'ringni ezganlar anglayaptimi
Farzanding nolangni tinglayaptimi
Ko'z ochgan bulog'ing ingrayaptimi
Muqaddas tuprog'im ona zaminim
Sening fig'oninga chidolmay ko'ngil
Dunyoga sig'mayin yig'lasa bu dil
Azizim chorasin vaqtida qilgin
Muqaddas tuprog'im ona zaminim
Daryoying ko'zyoshi qirg'oqqa toshdi
Uning ahvollari dovondan oshdi
Davosin qidirib aqlimiz shoshdi
Muqaddas tuprog'im ona zaminim
Payhon bo'lgan bog'lar
Tosh - u tuproqlar g'unchasi
Ochilmay so'nggan yaproqlar
So'zlasin baholni qo'li qadoqlar
Muqaddas tuprog'im ona zaminim
Sening fig'oninga chidolmay ko'ngil
Dunyoga sig'mayin yig'lasa bu dil
Azizim chorasin vaqtida qilgin
Muqaddas tuprog'im ona zaminim
Daryoying ko'zyoshi qirg'oqqa toshdi
Uning ahvollari dovondan oshdi
Davosin qidirib aqlimiz shoshdi
Muqaddas tuprog'im ona zaminim