Poyingizga qo'yolmadim
Mag'rur boshim
Dardingizni ololmadim
Nur quyoshim
Ko'kni yordi dilimdagi ohu nolam
Makkalarga borolmadi mening onam
Mehnat qilib ertayu kech tinim bilmay
Bolam debon kechalari ko'zin ilmay
Dunyolarga sig'madiku rohan ko'rmay
Dunyolarga sig'madiku mening onam
Yomg'ir kelib chertdi ko'ngil oynamni
Zulmatlar qopladi yurak xonamni
Yurakni o'rniga tosh o'rnatgandim
Yig'ladim yig'ladim eslab onamni
Taqdirning toshlari
Tegsa ham mayli
Tuxmatlar boshimni
Egsa ham mayli
Betob bo'lsa hamki
Bo'lsaydi mayli
Yig'ladim eslab
Onamni!
Taqdirning toshlari
Tegsa ham mayli
Tuxmatlar boshimni
Egsa ham mayli
Betob bo'lsa hamki
Bo'lsaydi mayli
Yig'ladim eslab
Onamni!