Yuragimni yulib ketma
Hayotimdan chiqib ketma sen
Yaxshiyam o'zing borsan
Deb quvonib yurar edim men
Qulog'imga pichirlaysan
Aldaysan avraysanda eee
Yosh boladay qolib ketdim
Jimgina yig'lab qoldim man
Taqdiriga yozib qo'ygan
Azoblarning eng kattasi sen
Sevgim mani xarob bo'ldi
Sevgim ila bir tiyin qoldim men
Guli guli guliginam
Dili dili dili dilim mani yolg'iz
Sen ketib xarob bo'ldim
Rejalar chala qolar essiz
Na sanga ketar bo'ldim
Na boshqaga ko'nar bo'ldi dil
Arosatda tugab yondim
Bir kelib ahvolimni bil
Na sanga ketar bo'ldim
Na boshqaga ko'nar bo'ldi dil
Arosatda tugab yondim
Bir kelib ahvolimni bil