Do'stim qara ulg'ayibmiz
Yurardikda qizlar sanab
Bir qara do'stim bir qara
Ukalarga kulardikda
Uylanibdi bizdan oldin bir qara
Ularga qara
Do'stim qara o'zgaribdi
Yoshlikdagi yo'llarimiz ham mana
O'zgargan mana
Shu yo'llardan ko'rinmoqda
Yangi hayot yo'llarimiz
Bir qara do'stim bir qara
Armon bo'lib qolar bizga
Maktabdagi saflanishlar
Yarashmaydi endi bizga
Qor yog'ganda sirpanishlar
Sog'inamiz yoshlik davrin
Hamroh bo'lgan ul sho'xliklar
Oqibatni yo'qotmaylik
Hech ham qadrdon do'stlar
Yodingdami Muslimaga
Sevgi maktub yozganimiz
Akasiga aytib bergan
To'xtamasdan qochganimiz
Endi bizga ustoz bo'lar
Yoshlikda qilgan xatolar
Bizga qiziq emas endi
Kundalikdagi baholar
Do'stim qara ulg'ayibmiz
Yurardikda qizlar sanab
Bir qara do'stim bir qara
Ukalarga kulardikda
Uylanibdi bizdan oldin bir qara
Ularga qara