Dunyo juda go`zal edi yuz burmadim
Netay bitta savobga ham ulgurmadim
Do`stlar bilan kulib davron surolmadim
Onajonim bag`ringizdan olis ketdim
Siz yig`lamang jannatlarga borib yetdim
Dunyo juda go`zal edi yuz burmadim
Netay bitta savobga ham ulgurmadim
Do`stlar bilan kulib davron surolmadim
Onajonim bag`ringizdan olis ketdim
Siz yig`lamang jannatlarga borib yetdim
Mehr nedur muhabbat ne anglar edim
Orom olsam onam bag`rin tanlar edim
Tongga qadar allalarin tinglar edim
Beshigimda yotib rizqim olib ketdim
Siz yig`lamang jannatlarga borib yetdim
Dunyolarga kim to`yibdi men to`ymasam
Koshki kulib ikki bora qadam qo`ysam
Shirin-shirin diydorlarga quloch yoysam
Ota-onam ko`z yoshida oqib ketdim
Yig`lamangiz jannatlarga borib yetdim
Taqdir kimni o`ynatadi kuldiradi
Yana kimni ko`z yoshiga to`ldiradi
Yashnab turgan g`uncha nigoh so`ldiradi
Oppoq qordek sochingizga yog`ib ketdim
Yig`lamangiz jannatlarga borib yetdim
Ko`p maslahat bergay hayot quloq tuting
Yorug` kunlar nur sochadi tongni kuting
Kulib yashang g`amlar ketsin va unuting
Peshonadir taqdirimdan nolib netay
Onajonim jannatlarga borib yetdim