Bir bolakay kirdi masjidga
O`zi edi juda ham xomush
Masjid ahli undan so`rdilar:
“Bolajonim kelding ne yumush”
Shunda bola chuqur xo`rsindi
Ko`zlariga biroz olib yosh
Va bolakay javoban dedi:
“Ollohimdan bor edi so`rash”
Ayting bobo ayting amaki
Xudo meni eshitadimi
Bu yerda kim aylasa tilak
Shu tilakka yetishadimi
Dedilar: “ayt ne tilaging bor”
Hayron bo`lib so`z qotdi ular
Chin ko`ngildan sof niyat ila
So`rasang gar beradi Xudo
Soraganing beradi Xudo
Go`dak shunda qarab Qiblaga
Ko`z yoshlarin to`kdi yashirmay
Jajji qo`lin ochib duoga
Bir narsalar der edi tinmay
Bir nimalar der edi tinmay
Shunda ular unga so`z qotdi
Duoyingni eshitsin hamma
Sen uchun ham duo qilaylik
O`tinchingni eshitsa zora
Ovozini baralla ochib
Dedi: “Xudo ey Xudojonim
Duoyimni qabul qil Egam
Qaytar mening sen onajonim”
Onamsiz men qanday yashayman
Yonimda zor yig`laydi ukam
Aytgin Xudo nima qilay man
Nahotki bu dunyo bir kam
Murg`ak go`dak zor qaqshab yig`lar
Duosini davom qilib der:
“Xudojonim jonginam Xudo
Hech bo`lmasa otam qaytib ber
Otam qaytib ber…”
Masjidga bir tushdi sovuqlik
Hech kim bir so`z-kalom deyolmas
Odamlarning vujudi titrar
Nechun bilmam “omin” deyolmas
Bir on jimib so`ngra yana u
Bilmam der ular qaytmaydi
Duolarim qabul qil Egam
Joylarini jannat et mayli
Lekin erta yana qaytaman
Javobingni aytasan menga
Jannatingdan joy bersang agar
O`yinchog`im beraman senga
Qo`llarini tortib ominga
Ko`z yoshlarin artganday bo`ldi
Qo`llarini qo`yib ko`ksiga
“Amakijon duoyim bo`ldi”
Ayting Xudo meni ko`rdimi
Tilagimni eshitgandir-a
Ertaga ham kelsam maylimi
Mendan jahli chiqmagandir-a
Bolajonim Udir rahmdil
Duoyingni albat eshitdi
InshaAlloh ota-onangni
Joylarini jannatda etdi
InshaAlloh ota-onangni
Joylarini jannatda etdi…