Kecha eding yonimda
Eng baxtiyor onimda yodimda
Bugun esa yomg`irda
Qorlar kutar oldimda yolg`izlikda
So`rama dil “qachon u qaytadi” deb
So`rayvermagin “ozi u qaytadimi” deb
Yolg`onlar aytar “u baribir qaytar” deb
Yolg`izlik aytar “u hech qachon qaytmas” deb
U o`zga bilan netdi netdi netdi
Yurak ezilib ketdi ketdi ketdi
Armon yo`qladi faqat ketganingdan beri
O`zgalar dunyosini tanlaganingdan beri
Bugun ko`rdim olisdan
Baxt tiladim xolisdan ojizman
Shirin nigohlari unga
Achchiq alam qoldi menga yolg`izman
So`rama dil uni “kim bilan” deb
Sorayvermagin “bunchalar baxtiyor” deb
U topgan inson mayli baxtini bersin
Tez yo`qotganda sabr-u bardosh bersin
U o`zga bilan netdi netdi netdi
Yurak ezilib ketdi ketdi ketdi
Armon yo`qladi faqat ketganingdan beri
O`zgalar dunyosini tanlaganingdan beri
U haqida xayollar nega meni azoblar
U endi begona qaytmaydi nachora
U haqida xayollar nega meni azoblar
U endi begona begona begona…
U o`zga bilan netdi netdi netdi
Yurak ezilib ketdi ketdi ketdi
Armon yo`qladi faqat ketganingdan beri
O`zgalar dunyosini tanlaganingdan beri