Ayol zoti boshingga chiqmoq uchun payt poylar
Ul-bul narsa kerak bo`lsa shirin bo`lib ketar choylar
Ayol zoti boshingga chiqmoq uchun payt poylar
Qimmat ko`ylak kerak bo`lsa shirin bo`lib ketar choylar
“Holatimni bil” – desang
“Jonim sabr qil” – desang
Aytganingga ko`nmaydi
Qoshlarini kervolib
Ostonada turvolib
Oh asabingni o`ynaydi
Yorim “Ketoman” – deydi
Ketkazgani qo`ymanman
Yo`llariga chim bosib-o
O`tkazgani qo`ymayman
Muhabbatim baxtim o`zing
San ko`nglim yagonasi
Goh urushib tez yarashib
Yuribmizda onasi
“Ne bo`ldi” – deb tinchlik bermas
Unda amma xolang bor
Ota uyiga sig`maysan-o
Etak to`la bolang bor
Qo`ni-qo`shni kelin-kechak
Elu-olam xolang bor
Ota uyiga sig`maysan-o
Etak to`la bolang bor
Eru-xotin urushi – doka ro`mol qurishi
Oh doka ro`molingdan-ey
Uch-to`rt kunlik matoni deb
Qasd olma joningdan-ey
Voy yorim ketoman deydi
Ketkazgani qo`ymayman
Yo`llariga gul sochib-o
O`tkazgani qo`ymayman
O`g`il-qizlar bori erur
Muhabbat nishonasi
Sani qanday sevishimni
Bilmaysanda onasi
Yal-yal yonib turganmish-ey
Yuragidan urganmish
“E shuncha ko`ylaging bor” desam
“Uni qarindoshlar ko`rganmish”
Lov-lov yonib turganmish-o
Yuragidan urganmish
“Mingta ko`ylaging bor” – desam
“Uni qarindoshlar ko`rganmish”
Sabr qilsang bo`lmasmu
Ko`ngling hecham to`lmasmu
Bir deganda zo`r yig`laysan
Aktyor bo`lsang bo`lmasmu
“Baribir ketoman” dema
Baribir keta olmaysan
Yaxshimanmi yomonmanmi
Mensiz baxtli bo`lmaysan
Barakadan ayrilmasin
Baxtimiz koshonasi
Sakson to`qson yuzdan oshib
Yuraylik-ey onasi
Sani qanday sevishimni
Bilmaysanda onasi
Yorginangning sherligini
Bilmasmiding onasi
E o`sha qimmat ko`ylak sandan
Aylansin-ey onasi