Siz ham sevgingizdan ayrilgansizku
Nega buncha menga azob berasiz
Yarim ko‘nglingizda hamon yashar u
Bilaman hali ham uni sevasiz
Meni yupatasiz
Yolg‘onlar zanjir
Uzingizni aldab nima qilasiz
Quying hammasini bilaman axir
Bilaman hali ham uni sevasiz
Ko‘zlaringiz sotqin
Dardingiz oshkor
Ko‘ngil qasringizdan meni quvasiz
Yurak osmoningiz mening uchun tor
Bilaman hali ham uni sevasiz
Menga qarab turib o‘ylaysiz uni
Uning yo‘llaridan umid uzasiz
Sizning fojeaga aybim ne meni
Bilaman hali ham uni sevasiz
Nima qilay axir
Nima qil deysiz
Orzular yovvoyi kapalaklarim
Bilaman hali ham uni sevasiz
Axir buning uchun yo‘q mening aybim…
Siz ham sevgingizdan ayrilgansizku
Nega buncha menga azob berasiz
Yarim ko‘nglingizda hamon yashar u
Bilaman hali ham uni sevasiz