Musofir yurtlarda yurgan do'stlarim
Sizlarga Ollohdan omad so'radim
Sizlarga Ollohdan sog'lik tiladim
Gohida sizlarga havas qilaman
Gohida sizlarni o'ylab yig'ladim
Musofir yurtlarda yurgan do'stlarim
O'zinggizni asrang yaqinlar uchun
Kuttirmang sog'inib kutgan ko'zlarin
Bajarib otalik onalik burchin
O'ylaysiz har kuni oila tinchin
Musofir yurtlarda yurgan do'stlarim
Yashash oson emas buni bilaman
Sizlarni o'ylab man ko'ksim tilaman
Vatan degan so'zni yurakka joylab
Vatan degan so'zga jonim beraman
Musofir yurtlarda yurgan do'stlarim
Olovning ustida turgan do'stlarim
Jonini xatarga qo'ygan do'stlarim
Goh suygan goh kuygan to'ygan do'stlarim
Narigi dunyoni ko'rmagan faqat
Bir boshi ming azob ko'rgan do'stlarim
Yashaysiz xotira ichida yig'lab
Ahad Qayum yozdi sizlarni o'ylab
Biz sizga sher yozib qo'shiqlar kuylab
Har oqshom xayolni o'tmishga bog'lab
Har oqshom Vatanni sog'inib yig'lab
Bobolar qabrini boringgiz yo'qlab
Go'yo qilko'prikda turgan do'stlarim
Musofir yurtlarda yurgan do'stlarim